Muallifga köra, tadqiqot Islom Karimovning davlat qurilişi jarayonida tutgan örnini oçib beradi va milliy özlikni “Tarixşunoslik”, “Til”, “Din” va “Ramzlar” kabi davlat quriş parametrlari orqali örganadi.Öziga xosliklar örtasida qanday boğliqlik mavjudligini tuşuntiradi.

“Bu jarayonda Karimov etnik muammolarning nizolarga aylanib ketişi oldini oliş, şuningdek, öz siyosiy hokimiyatini saqlab qoliş maqsadida eski etnik madaniyatlar soyasida şakllangan özbek millatining “Milliy mafkurasi”ni namoyon etdi. Özbekistonda “Milliy mafkura” millatçilik tarixşunosligi orqali taqdim etilib, til orqali tarğib qilinib, din orqali uluğlanib, timsol va afsonalar orqali muqaddaslaştirildi. Tadqiqotda mazmun va nutq tahlili kabi sifatli tadqiqot usullaridan foydalanilgan”, — deyiladi kitob haqida naşriyot tomonidan yozilgan ma’lumotda.

Joriy yil 1 avgust kuni “Ostona” naşriyot uyida çop etilgan kitob 324 sahifadan iborat, narxi 650 lira — 243 ming söm.