TIVda Pokiston delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2016 yilning 17 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi rahbari, Pokistonning tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri, Bosh vazirning maxsus yordamchisi Said Toriq Fotimiy bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy masalalari, jumladan 2015 yilning noyabr oyida Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Suhbat davomida 18 oktabr kuni ochiladigan IHT TIVKning 43-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Pokiston Elchisi Riaz Hussayn Buxari ishtirok etdi.