O‘zbekiston | 23:00 / 18.10.2016
36551
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Milliy universitetida keyingi 2 yil davomida uchinchi marta rektor o‘zgardi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Toshkent davlat Texnika universiteti texnika fanlari doktori, professori Maraximov Avazjon Raximovich rektor etib tayinlandi. Bu haqda Milliy universitet rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Avazjon Marahimov o‘z faoliyati davomida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari, 2010 yil 2 martida Prezident qarori bilan Xalq ta'limi vaziri bo‘lgan.

U 2011 yilning 30 iyunida lavozimidan ozod etilgandi.

Maraximov so‘nggi bor Toshkent davlat texnika universiteti "Elektronika va avtomatika" fakulteti "Boshqarishda axborot texnologiyalari" kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Qayd etish kerakki, keyingi 1,5 yil ichida universitetda uchinchi bor rektor o‘zgarmoqda. 

2015 yilning yozida Muhamedov G‘ofurjon Isroilovich o‘rniga universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelgan Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich universitetga rahbar bo‘lgandi.

2016 yilning mayida esa Fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdurahim Abdushukurov universitetning yangi rektori bo‘lgandi.

Mavzuga oid