Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WikiLeaks: Kerri Ekvadordan Klinton haqidagi hujjatlarni chop etishga xalaqit berishni so‘ragan
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Ekvador hukumatidan Julian Assanjga AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton haqidagi hujjatlarni chop etishga ijozat bermaslikni iltimos qilgan. Bu haqda WikiLeaks xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Kerrining Ekvador vakillari bilan uchrashuvi 26 sentabrda Kolumbiya hukumati va "Kolumbiya inqilobiy qurollangan kuchlari" (FARK) jangchilari bilan tinchlik sulhini tuzish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar davomida bo‘lib o‘tgan.
Oktyabr boshida WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Berlinda o‘tgan videoko‘prik davomida joriy yilning oxirigacha uchta davlat hukumatlari va saylovlar borasida "anchagina ma'lumotlarni" chop etib borishga va'da bergan.
Ayni vaqtda Klinton saylov kampaniyasi raisi Jon Podesta maxfiy maktublarining 11 qismi chop etildi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026