Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik Xalqaro gimnastika federatsiyasining yangi prezidenti bo‘ldi
Foto: ChalkGrips
Yaponiyalik Morinari Vatanabe Xalqaro gimnastika federatsiyasining (FIG) yangi prezidenti etib saylandi. Saylov federatsiyaning Tokiodagi kongressi davomida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda FIG matbuot xizmati xabar berdi, deb ma'lum qildi TASS axborot agentligi.
Tashkilot rahbari lavozimiga Yevropa gimnastika ittifoqi prezidenti Jorj Gelzek ham da'vogarlik qilgan, u 19 ovoz, Vatanabe esa 100 ovoz to‘plagan.

Keyinroq federatsiyaning uch vitse-prezidenti lavozimiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Bu lavozimlarga 7 kishi da'vogarlik qilmoqda, nomzodlar orasida Rossiya sport gimnastikasi federatsiyasi rahbari Vasiliy Titov va Sobiq ittifoq tarkibida bir necha marotaba Olimpiya chempioni bo‘lgan Nelli Kim ham bor.
Mavzuga oid
09:46 / 14.10.2025
Indoneziya Isroilni badiiy gimnastika bo‘yicha JChga kiritmaydi
20:50 / 10.06.2024
Chusovitina 53 yoshida 2028 yilgi Olimpiadada qatnashish istagini bildirdi
17:46 / 23.05.2024
Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi
09:28 / 20.06.2023