Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada harbiy vertolyot qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
2016 yilning 18 oktabr kuni Farg‘ona viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi. Halokat oqibatida 3 ekipaj a'zosi va vertolyotda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 6 harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda "O‘zbekiston" telekanali orqali ma'lum qilingan.
Vazirlik matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etilgan.
"O‘zbekiston rahbariyati halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi", deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026