Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqning Doquq shahrida dafn marosimi ishtirokchilariga zarba berdi
Foto: © RIA
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqning Doquq shahrida rejalashtirganidek terrorchilarga emas, balki dafn marosimi ishtirokchilariga zarba berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligida ma'lum qilindi.
Vazirlikda ma'lum qilinishicha, harbiylarning bu xatosi tufayli o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.
"Guvohlarning aytishicha, dafn marosimi ishtirokchilari koalitsiya aviatsiyasi tomonidan terrorchilar deb qabul qilingan. O‘nlab odamlar, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan", deb aytdi Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov.
Rossiya mudofaa vazirligida koalitsiyaning tinch aholiga muntazam zarba berishi "harbiy jinoyatlarning barcha alomatlariga egaligi" ta'kidlab o‘tildi.
"Harbiy jinoyatlarning barcha alomatlariga ega bo‘lgan, tinch aholi punktlariga bunday qaqshatqich zarbalarni berish xalqaro koalitsiya aviatsiyasi uchun oddiy ishga aylanib qolmoqda", deb aytdi Konashenkov.
Konashenkov to‘y va dafn marosimlari, shifoxonalar, politsiya bo‘limlari va gumanitar karvonlar koalitsiya samolyotlari zarbalariga juda ko‘plab uchrashini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
18:39 / 19.01.2026
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
15:59 / 16.01.2026
“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?
12:34 / 15.01.2026