Jamiyat | 15:15 / 23.10.2016
4109
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq parlamenti alkogolli ichimliklar importi va sotuvini taqiqladi

Foto: Reuters

Iroq parlamenti alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish, import qilish va sotishga rasman taqiq qo‘ydi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar berdi.

Shu bilan birgalikda bu masalada parlament a'zolari yakdil bo‘lishmagan.

Taqiq qo‘llanishini yoqlovchi tomon bu taqiq konstitutsiyaga, ya'ni islom diniga zid qonun qabul qilmaslik belgilangan qonunga mosligini ta'kidlashmoqda.

O‘z navbatida bu taklifga qarshi chiqqanlar bu taqiq orqali kishilarning konstitutsion huquqlari buzilishi, diniy e'tiqod erkinligi va ozchilikning huquqlariga qarshilikni qayd etgan. Ular sudga bu qonun bo‘yicha shikoyat qilishmoqchi.

Qayd etilishicha, munitsipalitetlar to‘g‘risidagi bu qonun loyihasiga bu taqiq so‘nggi lahzalarda qo‘shilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish