18:44 / 23.10.2016
11343

Kun fleshkasi: Hafta voqealarining eng qiziqarlilari videotalqinda

Jahonda yuz bergan eng qiziqarli, noodatiy voqea-hodisalarning videotasmalarga muhrlanganlarini Kun.uz o‘z o‘quvchilariga tuhfa etadi. Eslatma: yaqin kunlardan boshlab sayt TAS-IX tizimida ishlamoqda!

JT Singh nomi ostidagi videobloger Shanxay bo‘ylab sayohat qildi va   teleportatsiya usulidagi videorolikni YouTube’da namoyish qildi. Rolik muallifi Xitoyning eng yirik shahridagi an'anaviy inshootlarini emas, shahar chetida istiqomat qiluvchi oddiy uylardagi xonadonlar, ko‘chalar, bozorlarni  ko‘rsatib berdi.

27 yoshli tog‘ chang‘ichisi-ekstremal Jyeremi Xeyts Pennin Alplaridagi (Shveytsariya) deyarli tik qoyani zabt etdi. U buni may oyida amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq buning suratlari va videosi shu haftada chop etildi. 

 

Texaslik parashyutchi 3000 metrlik balandlikda krossovkasini tushirib qo‘ydi, lekin bunday kutilmagan vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va unga yetib oldi. Uning dubulg‘asiga o‘rnatilgan kamera bu jarayonni muhrlashga ulgurdi.

Transfer huquqi «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan «Betis» jamoasi yarim himoyachisi Charli Musonda Ispaniya chempionati doirasida «Real»ga qarshi o‘yindan keyin 20 daqiqa davomida madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni kutib turdi. U o‘z kumiri bo‘lmish futbolchi bilan suratga tushish hamda futbolkaga imzo qo‘ydirish uchun raqiblar futbolchisini yo‘lakda kutib turgan.

Avstraliyada istiqomat qiluvchi Den Xyui Port-Feyri chekkasida baliq tutib yurganida akulaga to‘qnash keldi va undan ajoyib usulda qutuldi. Mashable nashri ushbu video bilan bo‘lishdi.

14 oktabr kuni Amerikaning Florida shtatida «Battle at the Bay 5» bokschilar shousi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Botirali «Xalk» Mamajonov (5−0−0, 3 KO) ham ringga ko‘tarildi. Bellashuv Telemundo (AQShdagi ikkinchi ispan tilli telekommunikatsion kompaniya) kanali orqali translyatsiya qilindi.

Rctestflight laqabi bilan tanilgan videobloger oktokopterga 1000 vatt kuchga ega Freefly Alta (sakkiz pichoqli pichoqlar) LED chirog‘ini o‘rnatdi.

U to‘plagan dizayn 90 ming lyumenda yorug‘lik oqimini chiqaradi va bu esa havodan noodatiy suratlar olishga yordam beradi. Avvalari bunga o‘xshash suratga olish uchun faqat og‘ir texnikali vertolyotdan foydalanilgan.

Xitoyda uch ko‘zli va 2 burunli to‘ng‘iz dunyoga keldi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi. U mamlakatning janubi-g‘arbidagi fermalardan birida tug‘ildi.

Niderlandiya chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Dender" va "Vilrayk" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda (2:0) 3 nafar politsiyachi bezorilik qilayotgan muxlislar olomonini to‘xtata oldi.

«Lion» jamoasining braziliyalik himoyachisi Rafael da Silva  fransuzlar klubiga kelganida jarohat olib, maydonga tusha olmaganida bu vaqt uchun maosh olishni istamagan.

Braziliyalik futbolchi 2015 yilning sentabrida bel qismidan shikastlangan va 1 oy davomida o‘yinlarda ishtirok eta olmagan. Rafael «Lion» rahbariyati bilan uchrashib, o‘ziga o‘tgan 1 oy uchun maosh to‘lamaslikni so‘ragan. Lekin bu yuridik jihatdan ilojsiz edi.

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining D guruhida 2-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Birinchi turda Tojikiston yoshlarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Jasur Abduraimov jamoasi ikkinchi turda Avstraliya vakillariga qarshi o‘ynadi.
4 yoshli poliglot (ko‘p tillarni bilish) qiz Bella Devyatkina internet ahlini lol qoldirdi. U 7 ta tilda, jumladan rus, ingliz, xitoy va arab tillarida so‘zlashadi.

 

AQShning Minnesota shtatida yashovchi Dennis Erikson mahalliy cherkovga 30 mingta o‘yinchoq va haqiqiy avtomobillardan iborat kolleksiyasini hadya qildi, deb xabar bermoqda Motor1.com.

Rossiyalik bloger Wylsacom yangi rolik taqdim etdi. Unda bloger Samsung Galaxy Note 7 smartfonini portlatishga urinib ko‘radi. Video uning YouTube-kanalida namoyish qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «mitti Kim Chen In» nomini olgan xitoylik bolaning raqsi aks etgan video ommalashmoqda. Rolik Daily Mail nashrining Twitter-akkauntida e'lon qilingan va bir kundan kam vaqt ichida 200 layk va 150 repostga ega bo‘lgan.

Turkiyaning DRT telekanalining ertalabki yangiliklar dasturi studiyasiga daydi mushuk kirib qolgan. Mushuk ichkariga yopilmagan eshik orqali kirgan.

Hollivudning mashhur aktyori Tom Kruz CBS telekanalida Jyeyms Kordenning mehmoni bo‘ldi. 9 daqiqali sketchda aktyor boshlovchi bilan birgalikda o‘zi bosh rollarni ijro etgan filmlaridan sahnalarni jonlantirdi.

Reddit portalida 2012 yilda Tobias Xansson tomonidan tasvirga tushirilgan videoga e'tibor qaratildi. Videoda sohilda turgan qizcha suzib kelayotgan kemadan signal berishni qayta-qayta so‘raydi. Kema signal berganda esa qizcha qo‘rqqanidan qochib ketadi.

Internetda Rosomaxa trilogiyasining “Logan” deb nom berilgan final qismi birinchi treyleri chiqdi. Logan - filmda Hyu Jyekman ijro etgan qahramonning ismi.

Yetti yashar bolakayning oilasi uy sharoitida xonaki limonad tayyorlar, kichik Sebastyan esa uni ko‘chalarda butilkasini 20 sentdan sotardi. Shahar aholisi bolakayning asl maqsadini bilgach, uning oilasini mahalliy bayramlarga sharbat sotishga chaqirishni boshladi.

YouTube videoxostingi ma'muriyati GTA V modifikatsiyasi tasvirlangan rolikni o‘chirib tashladi, unda S4 portlovchi moddasi o‘rniga Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari qo‘llaniladi. Bu haqida The Verge ma'lum qildi. 

Amerikalik mashhur rep ijrochi Eminem yangi trekida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga qarshi fikrlar bildirdi, deb xabar bermoqda Rolling Stone. Campaign Speech ("Saylovoldi nutqi") deb nomlangan qo‘shiq repchining bo‘lg‘usi albomining tizeri bo‘ldi.

AQShning CNN telekanali Respublikachilar partiyasidan kongressmen Kris Kollinz bilan jonli efirda olib borgan muloqotini kutilmaganda uzib qo‘ydi. Bunga, Kollinzning AQSh prezidentligi uchun demokratlar nomzodi Hillari Klintonni yolg‘onchi deb atagani sabab bo‘ldi, deya xabar qilgan Heavy nashri.

Mavzuga oid
Top