22:52 / 23.10.2016
8592

OAV: "Ash-Shabob" jangarilari Somali markazidagi yirik shaharni bosib oldilar

Foto: Getty Images

"Ash-Shabob" jangarilari Somalining marqaziy qismida joylashgan Xalgan shahrini bosib oldilar. Bu shahar chetida Afrika ittifoqining Somalidagi missiyasi (AMISOM) bazasi joylashgan. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.   

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, efiopiyalik harbiylar va AMISOM kuchlari shahardan shimolga tomon Xiran viloyati poytaxti (mamlakat poytaxti Mogadishodan shimolga 300 km, Efiopiya bilan chegaradan 30 km uzoqlikda joylashgan) Beledueynga chekinganlar. "Efiopiyalik askarlar Xalgandan ertalab ketishgan. Ular Beledueynga jo‘nashdan oldin o‘z bazalari va okoplarni vayron qilishgan", deb ma'lum qildi Somali xavfsizlik kuchlari vakili Muhammad Nur Adan. Guvohlarning xabar berishicha, efiopiyalik harbiylar yuk mashinalari va tanklar karvonida 23 oktabr ertalab ketishgan. 

Somalida hukumat qo‘shinlari 22 ming askarga ega AMISOM ko‘magida hukumatga qarshilik ko‘rsatuvchi va vaqti-vaqti bilan teraktlar uyushtiruvchi "Ash-Shabob" guruhiga qarshi kurashib kelmoqda.

 

Mavzuga oid
Top