Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla so‘nggi ikki yilda birinchi marta daromadli chorak haqida hisobot berdi
Amerikaning Tesla kompaniyasi 2016 yilning uchinchi choragi uchun hisobot berdi. Hujjatlarga ko‘ra, mashhur elektrokarlar yaratuvchilari bu davrni 22 million AQSh dollari miqdoridagi sof daromad bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lishgan. Bu so‘nggi ikki yil ichida kompaniya daromad bilan yakunlagan ilk chorakdir. Tesla rasmiy saytida shu haqida ma'lum qilindi.
Kompaniyaning umumiy daromadi 2,3 milliard AQSh dollarini tashkil qildi – bu 2015 yilning xuddi shu muddatiga nisbatan 145 foizga ko‘pdir. Elektromobillar ishlab chiqarishdan tushgan umumiy daromad esa 2,15 milliard AQSh dollariga teng - o‘tgan yilning uchinchi choragiga nisbatan 152 foizga o‘sish kuzatilgan. Ilmiy-tadqiqot ishlari kompaniyaning 214 million AQSh dollari sarflashiga olib keldi, operatsion xarajatlar 551 million AQSh dollariga tushdi.
Shuningdek Tesla elektroavto ishlab chiqarilishi haqida batafsil ma'lumot berdi – bu chorakda ular 24 821ta elektrokar yuklashgan, ulardan 16 047tasi - Model S va 8 774tasi - Model X. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, bu o‘tgan yilning shu choragidagi ko‘rsatkichlarni 114 foizga ortda qoldirgan. Shuningdek Tesla yil oxiriga qadar yana 50 mingta elektromashinalarni sotuvga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
08:10 / 09.04.2026