Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuz bergan baxtsiz hodisada 3 kishi halok bo‘ldi
2016 yil 26 oktabr kunduzi 11:30larda Toshkent shahrining Shayhontohur tumani Farobiy ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgan 393b-sonli bino konstruksiyalarining to‘satdan qulashi sodir bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar matbuot xizmati.
Ushbu favqulodda vaziyat natijasida 3 kishi halok bo‘lib, 2 kishi turli darajada tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat sodir bo‘lishiga qurilish me'yor-qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.
FVV qutqaruv bo‘linmalari tomonidan bino vayronalari ostidan 2 kishi qutqarib olingan va halok bo‘lganlarning jasadlari olib chiqilgan.
Qulash sodir bo‘lgan joyda FVV, IIV YoXB va Toshkent shahar hokimligining kuch va vositalari tomonidan vayronalarni tozalash ishlari olib borilayapti.
Favqulodda holat yuz bergan joy Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rab olingan hamda olib borilayotgan ishlar xavfsizligi ta'minlangan.
Yuzaga kelgan hodisa yuzasidan Shayhontohur tumani IIB va Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayapti.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026