Sport | 10:16 / 28.10.2016
5138
1 daqiqa o‘qiladi

De Rossi jamoadoshiga tashxis qo‘yilishini kutib, uning oilasi bilan tun bo‘yi shifoxonada qoldi

«Roma» yarimhimoyachisi Daniele de Rossi Italiya chempionatining 10-turi doirasida «Sassuolo»ga qarshi kechgan o‘yinda jarohatlangan jamoadoshi Alessandro Florentsiga tashxis qo‘yilishini kutib, shifoxonada tunab qoldi.

De Rossi tibbiyot muassasasida Florentsining oilasi a'zolari bilan birgalikda tibbiy ko‘rik natijalari ma'lum qilinishini tonggi soat 4gacha kutib o‘tirgan. Shifokorlar yosh futbolchining chap tizzasida bo‘g‘imlardagi uzilishni aniqlagan.

Bugun Florentsi operatsiya qilinadi, uning qancha vaqtda tiklanishi ma'lum emas.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish