Jamiyat | 21:36 / 28.10.2016
5611
2 daqiqa o‘qiladi

X Xalqaro sanoat yarmarkasida 250 turdan ziyod tibbiy texnika jihozlari namoyish etildi

«O‘zekspomarkaz»da bo‘lib o‘tayotgan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik  jamiyati, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi, O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati, Navoiy va Xorazm viloyatlari korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yarmarkada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuzdan ortiq korxona 272 turdagi dori vositalari, 256 turdagi tibbiy texnika va texnologiya, buyum va jihozlarni namoyish etmoqda. 

Yengil sanoat mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Korxonalarning quvvatlari texnik va texnologik jihatdan yangilanmoqda, jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil oshmoqda. Bugungi kunda “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘rt yuzga yaqin korxona tashqi bozorga tayyor to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlarini eksport qilmoqda. Yarmarkada soha korxonalari tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, jumladan, Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan yangi turdagi tovarlar – melanj ip, aralash tolali ip, aralash gazlamalar, bambuk tolali kalavali ip va polotno, to‘qimachilik dastgohlari uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni namoyish etmoqda.

 

Mavzuga oid