Jamiyat | 14:33 / 28.10.2016
5117
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadan Berlinga tezkor poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Tjournal.ru

2016 yilning 17 dekabrida "RJD" kompaniyasi Moskva-Berlin yo‘nalishidagi qatnovlarga start beradi. Berlinga yo‘l oluvchi tezkor poyezd Rossiya poytaxtidan bir haftada ikki marta qatnaydi. Bu haqida pass.rzd.ru saytida ma'lum qilindi. 

Kompaniya xabarida ko‘rsatilganidek, Berlin yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi shanba va yakshanba kunlari Moskvadagi Kursk vokzalidan amalga oshiriladi. 

Reyslar tezkor "Strij" poyezdlarida yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘nalishning umumiy uzunligi 1,9 ming kilometrni tashkil qiladi. Chiptaning minimal bahosi - 8 737 rubl, maksimal narxi esa - 36 231 rubl. 

"RJD" Berlindan tashqari yana bir necha xalqaro yo‘nalishlar qatnovini amalga oshiradi. Moskvadan g‘arb tomon yo‘nalishda poyezdda Parij, Budapesht, Praga, Nitstsa va Venagacha yetib olish mumkin. Sharqiy yo‘nalishida esa "RJD" poyezdlari Pekin,  Manchjuriya va Ulan-Batorga qatnaydi. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid