Sport | 12:13 / 28.10.2016
6472
2 daqiqa o‘qiladi

Neymarning otasi: «O‘g‘lim Messi tufayli «Barselona»da o‘ynamoqda»

Foto: Marca

«Barselona» hujumchisi Neymarning otasi o‘g‘lining kataloniyaliklar jamoasi safida o‘ynayotgani sabablaridan birini aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, uning o‘g‘li o‘z kumiri Lionel Messi bilan birga maydonga tushib kelish imkoniyati mavjudligi uchun shu jamoada qolmoqda.

«Biz barchamiz Messi kimligini va uning qanday ahamiyatga ega ekanini bilamiz. U Neymarning kumiri hisoblanadi. O‘g‘lim Messi bilan bir jamoada o‘ynayotganidan baxtli. U Messi bilan birga maydonga chiqishdan va Lionel tufayli «Barselona» safida o‘ynayotganidan hamisha xursand.

Agar Messi va Krishtianu Ronaldu bo‘lmaganida, balki, Neymar ham bo‘lmasdi. Pele va Maradona o‘z vaqtida futbolchilar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmaganida, ko‘p o‘yinchilar yetishib chiqmagan bo‘lardi», — deya braziliyalik futbolchining otasi so‘zlarini keltirgan Sope.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid