19:42 / 29.10.2016
7563

Xitoylik geymerlar antiqa rekord o‘rnatishdi

Foto: guinnessworldrecords.com

Wings Gaming jamoasidan xitoylik geymerlar Dota 2 o‘yinida g‘olib bo‘lganlari uchun 9,1 mln dollarlik mukofot puli olishgani bilan Ginness rekordlar kitobiga kirishdi, deb xabar bermoqda Guinness World Records.

Musobaqa yozda Sietlda bo‘lib o‘tgan. Uning umumiy mukofot jamg‘armasi kibersport bo‘yicha barcha musobaqalar orasida eng yirigi bo‘ldi va 21 mln dollarni tashkil qildi. 

Ushbu mukofotning deyarli yarmi xitoylik geymerlarga nasib qildi. Bu shunday turdagi musobaqalar o‘rtasida olingan eng yirik mukofot bo‘ldi.

Jamoa 2014 yilda shakllantirilgan bo‘lib, u avvallari bunday katta mukofot puli yutgan emas. Musobaqadagi g‘alaba evaziga jamoaning 5 a'zosi bir zumda millionerga aylandilar.

Ma'lumot uchun, Dota 2 kompyuter o‘yini strategiya janridagi, real vaqtdagi ko‘p foydalanuvchili jamoaviy o‘yin hisoblanadi. O‘yinda 5 kishidan ikkita jamoa ishtirok etadi.

Top