Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq harbiylari Mo‘suldagi telemarkazni IShID jangarilaridan ozod etishdi
Foto: © AFP
Iroq harbiylari Mo‘sul sharqida joylashgan davlat teleradiokompaniyasining binosini IShID jangarilaridan ozod qildi. Bu haqda Iroq armiyasidagi manbaga asoslanib, "As-Sumariya" telekanali xabar bermoqda.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, telemarkaz Kokjali tumanida joylashgan. “Reyter” agentligining ma'lum qilishicha, bu Mo‘sulni ozod etish operatsiyasi boshlangandan beri IShID uchun o‘ta muhim binolardan biri hisoblangan.
Avvalroq mamlakat armiyasi uning aksilterror bo‘linmasi shaharning sharqida joylashgan Al-Karama tumaniga kirganligini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, Kokjali kvartali IShID jangarilaridan butkul tozalangani haqida ham xabar berilgan.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026