Sport | 12:34 / 03.11.2016
5757
1 daqiqa o‘qiladi
Angliyalik futbolchiga to‘pponcha bilan qurollangan shaxslar hujum qilishdi
Noma'lum kimsalar "Vest Hem Yunayted" klubi va Angliya terma jamoasiga nomzod hujumchi Endi Kerollga qurolli bosqinchilik uyushtirdi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Futbolchining jurnalistlarga aytishicha, u mashg‘ulotdan keyin o‘zining 100 ming funt sterlinglik Mercedes G-Wagon mashinasida uyiga qaytayotganida mashinaning ikki tomonida mototsikl mingan noma'lum shaxslar paydo bo‘lgan. Ulardan biri Kerollga to‘pponcha o‘qtalgan.
Futbolchi to‘pponchani ko‘rib, gaz tepkisini qattiqroq bosgan va bosqinchilardan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. U bu haqda politsiyaga ma'lum qilgan. Politsiya ushbu holatni tergov qilishni boshlagan. Taxmin qilinishicha, bosqinchilar futbolchini tunamoqchi bo‘lishgan.