Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:13 / 03.11.2016
6066
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston SSP va Ukraina XSP o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi
Foto: UzDaily
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ukraina Xalqaro Savdo Palatasi (XSP) hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Ukraina ishbilarmon doiralari 2016-yilning 24-26 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida 25 oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ukraina Xalqaro Savdo Palatasi (XSP) bilan birgalikda biznes-forum va kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.
Biznes-forum va kooperatsion birja davomida tomonlar turli sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.