Yozuvçi va jurnalist, ÖzMU öqituvçisi Ahmadjon Meliboyev Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida paxta yiğim-terimi haşari vaqtida taşkil qilingan madaniy tadbirda iştirok etdi. Safardan qaytgan ustoz tadbirda qatnaşgan öziga xos uslubi bilan ajralib turadigan qöşiqçi Şuhrat Daryoning ijodiga munosabatini bildirib ötdi.
Şuhrat Daryo – fikrlaydigan ijodkor, men uning ijrosida harakatdagi daryoni kördim

Fasli xazonrez latofati...
Kuzning saxovatli, ammo ğanimat kunlari. Dehqonu paxtakorning közi osmonda: yil böyi mehnat qilib yetiştirgan hosilini nes-nobud qilmay yiğiştirib olişi kerak.
Şunday bölmoqda ham. Hamma harakatda. Hosildan böşagan dalalar orom uyqusiga çömganday. “Fasli xazonrez”ning közni quvontiruvçi betakror manzaralari kişi könglida ajib tuyğular uyğotadi. Ariqlarda suvlar tingan, kuz oqşomlari sokin va latofatli.
Tasavvur qiling...
Şunday latofatli keçalardan birini tasavvur qiling. Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi oddiygina hovlilardan biri. Bugun bu hovliga özbek estrada san'atining asosçisi, ovozi olamaro maşhur Botir Zokirov mehmon. Vaqt yarim keçadan ötsa hamki, bu yerda... gitara tinimsiz nola qiladi, özining ovozini özi soğinganday, goh mungli, goh zavqli ovoz çiqarib, tinlovçilarni maftun etadi. Bu ovoz yigitlarning hayqiriqlari bilan qöşilib, yanada kuçli tölqinga aylanadi va hovli oşa çor-atrofga, bitta-yarimta çanoğigina qolgan paxta dalalariga taraladi.
Bilib olganim şu böldiki...
Bugun bu hovlida Botir Zokirov ijodi, ijro uslubining munosib davomçisi, aytişim mumkinki, zamonaviy qöşiqçilik san'atimizda öziga xos irmoq oçişga harakat qilayotgan va bu irmoq kundan-kunga, ijrodan ijroga jonlanib borayotgan Şuhrat Daryo kuylamoqda. Töyda emas, ijodkorlar davrasida. Qöşiqlar orasida tinglovçilar öqiyotgan şe'rlar davra fayziga fayz qöşadi.
Şuhratni avval ham talabalar davrasida eşitgandim. Öşanda u noan'anaviy kiriş sözi, boşqalarnikiga öxşamaydigan nigohi, qöşiq sözlarini çuqur his etişi bilan menda kiçik bir qiziqiş uyğotgan edi. Bugun uni yaqinlan bilib oldim. Bilib olganim şu böldiki, Şuhrat qöşiq tanlaşni, uni qayerda qanday kuylaşni, tinglovçi bilan tuyğuli muloqot örnatişni biladigan, muallif matnidagi nola, pörtanali töyğu, orzu-umid va yana qançadan-qança qalb iztiroblari-yu afsus-nadomatlarni zarur darajada anglab, ma'no-mohiyatiga tuşunib va buni tinglovçiga bevosita yetkazişga harakat qiladigan izlanuvçan, ozmi-köpmi, fikrlaydigan ijodkorlardan biri ekan.









