Xitoy va Rossiya rahbarligi ostidagi Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasining (ILRS) dastlabki rejalari Oy yuzasida atom elektr stansiyasi qurişni ham öz içiga oladi. Bu haqda «Çane-8» Xitoy kosmik missiyasining boş muhandisi Pey Çjaoyuya ma’lum qildi.
Xitoy rejasiga köra, 2028 yilda Long March 5 taşuvçi raketasidan foydalanilgan holda amalga oşiriladigan «Çane-8» missiyasi Oyning Janubiy qutbiga yaşaşga yaroqli bazani quriş uçun poydevor qöyişi kerak.
Missiya ikki bosqiçga bölinadi. Birinçi bosqiçda Oy resurslari va relefini tadqiqot etiş uçun qöniş moduli, lunoxod va robot uçiriladi. 2030 yilda esa Xitoy Oyga «Mençjou» va «Lanyue» kosmik kemalarida ikkita astronavtni yuboradi. Şuningdek, AESdan taşqari, katta quyoş batareyalarini quriş ham rejalaştirilgan, ular bazadani elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Kelajakda XXR Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasi loyihasiga 50 ta davlat, 500 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va 5 mingga yaqin çet ellik tadqiqotçilarni jalb etiş niyatida.
Oyni özlaştiriş rejalari AQŞda ham bor. NASA’ning Artemis dasturiga muvofiq, 2025 yilda Oyga amerikalik astronavtlarni uçiradi. Uzoq muddatli istiqbolda esa Qöşma Ştatlar u yerda doimiy baza qurişni rejalaştirgan.












