Seulda prezidentning iste'fosini talab qilib minglab kishilar ko‘chalarga chiqdi
Janubiy Koreya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 5 noyabrda 43 mingdan 100 minggacha koreyaliklar Seul markazida korruptsion mojaro tufayli mamlakat prezidenti Pak Kin Xening iste'fosini talab qilib yig‘ildi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
Avvalroq ma'lum qilingandek, mojaroga prezidentning dugonasi, hech qanday rasmiy lavozimni egallamaydigan va o‘z manfaatlari yo‘lida davlat ishlariga aralashgan Tsoy Sun Sil sabab bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, Sil prezidentning nutqlarini ular rasman ma'lum qilingunga qadar tahrir qilgan. Tsoy Sun Sil shaxsiy va tijorat maqsadlarida prezidentga ta'sir qilganlikda gumon qilinmoqda. Jumladan, huquq-tartibot muassasalarining ma'lum qilishicha, uning ikkita jamg‘armasi – MIR va K-Sport yirik biznesdan pul yig‘ish bilan shug‘ullangan. Joriy haftada ayol hibsga olindi.
4 noyabrda ma'lum qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, prezidentning reytingi rekord darajagacha tushib ketgan va 5 foizni tashkil qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, norozilik namoyishi vaqtida tartibni 20 ming politsiyachi saqlagan va ularga turli ig‘volarga berilmaslik buyurilgan. Biroq politsiya to‘qnashuvlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgan, chunki uning ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilardan bir qismi prezident saroyi tomon yo‘l olish maqsadida politsiya to‘siqlarini aylanib o‘tishga uringan.
Avvalroq politsiya norozilik namoyishlarini o‘tkazishni taqiqlagandi, biroq ma'muriy sud bu qarorni bekor qilgan.
Mavzuga oid
14:40 / 30.10.2024
Kiyev va Seul KXDRga qarshi turish uchun aloqalarni faollashtirmoqda
08:50 / 22.10.2024
OAV: Seul Ukrainaga razvedka xodimlarini yuborishi mumkin
10:51 / 22.07.2024
Seul KXDRni yana chiqindi sharlarini uchirishda aybladi
10:18 / 25.01.2024