Xitoylik Nyurburgring trassasida mashinaning ikki g‘ildiragida yurish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Xitoylik kaskadyor Xanyu Yue Germaniyadagi Nyurburgring trassasini mashinaning ikki g‘ildiragida bir marta to‘liq aylanib chiqib, trassa rekordini o‘rnatdi. Ushbu rekord zayezdning onlayn-translyatsiyasiga 200 mingga yaqin tomoshabin ulandi, u nemis trassasining YouTube-kanalida olib borildi.
Ushbu rekord natija kuchaytirilgan konstruksiyali g‘ildiraklar va yo‘ltanlamas pokrishkalar ko‘rinishida maxsus ishlangan MINI xetchbekida o‘rnatildi. Xitoylikka trassani o‘rtacha 28 km/soat tezlik bilan bosib o‘tish uchun 45 daqiqa talab etildi.
Yuening aytishicha, agar orqa g‘ildirak soz holatda bo‘lganda u trassani ancha tezroq o‘tishi ham mumkin edi. Nosozlik oqibatida mashina 20 km/soatdan yuqoriroq tezlikda titray boshlagan. Xitoylikning aytishicha, u yo‘lning chorak qismini bosib o‘tgach, chap yelkasida kuchli yuklamalar sababli keskin og‘riq seza boshlagan.
Oktyabr oxirida finlyandiyalik kaskadyor Vesa Kimivyaki avtomobilning ikki g‘ildiragida eng tez yurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgandi: u BMW 3-Series kupesida soatiga 186,269 km tezlikkacha tezlasha olgan.