Sport | 09:04 / 08.11.2016
5689
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: Ispaniya chempionati - sprint emas, marafon, «Real» kurashni davom ettiradi

Foto: Marca

«Real» hujumchisi, Marca nashri tomonidan ta'sis qilingan primeraning mavsum-2015/16dagi eng yaxshi o‘yinchisi nomini qo‘lga kiritgan Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionligi uchun kurash haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bugun men uchun o‘zgacha kun bo‘ldi. Bugun «Real» bilan shartnoma imzoladim va mukofotlandim, yana nimani so‘rashim mumkin?

Juda xursandman. Bu menga yaqin bir necha yillar yanada ko‘proq ishlashimga va yanada yaxshiroq bo‘lishimga turtki beradi.

Primerada, kutilganiday jiddiy raqobat bor, bu sprint emas, marafon. Biz kurashda davom etamiz», - deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 11 turdan so‘ng 27 ochko jamg‘argan holda «Barselona»ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid