Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatamjon Ketmonov dori vositalari reklamasini cheklashga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 8 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Qirg‘izboyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili X.Yeshimbetov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Xatamjon Ketmonov mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoati izchil rivojlanayotgan hududga aylangani, xususan, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Ustyurt neft-gaz kimyo majmuasi, Xo‘jayli shisha zavodi, Qo‘ng‘irot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari kabi zamonaviy ishlab chiqarish obektlari ishga tushirilgani mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Dasturda qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatilishini tartibga soluvchi qonun va hujjatlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish, farmavtsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati hamda dori-darmon vositalari narxi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini mustahkamlash, dori vositalari reklamasini cheklash kabi muhim vazifalarga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Mavzuga oid
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
08:08 / 06.06.2026
Tezkor tadbirlarda minglab taqiqlangan dori vositalari aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
14:32 / 22.05.2026