Avtomobilimiz oynasi töliq interaktiv bölib qolsa, qanday soz bölardi. Misol uçun, siz yölovçi tomondagi oynani közingizga quyoş nuri tuşmasligi uçun biroz qoronğilaştirgingiz keldi-yu, siz oyna ustida barmoğingizni tepadan pastga surib bunga erişdingiz. Va oyna köz öngizda qoronğilaşdi.

Yaponiyaning Honda kompaniyasi avtomobillar uçun qoronğilaşuvçi sensor oynalar uçun patent oldi. Yaqin kelajakda bu ixtiro kompaniya avtomobillarida işlatilişi mumkinligiga umid qilsa böladi. 

Aslida, bu ğoya unçalik yangimas. Ba'zi yirik avtomobil kompaniyalari özlarining avtomobillarida atrof-muhit yoritilganligi darajasiga mos ravişda avtomatik ravişda qoronğilaşadigan elektroxrom oynalarni qöllaşmoqda. Biroq hozirgaça heç kim bunday oynalarni odam barmoği tegişiga ta'sirçan qilişni xayoliga keltirmagandi. Bu borada yapon kompaniyasi bir qadam olğalab ketdi. Biroq hozirça bu texnologiya avtomobillarga qaçon tatbiq qilinişi noma'lum.

Honda ixtiroçilari tomonidan patentlaştirilgan oyna bir neçta, jumladan bitta sensor va bir neçta qoronğilaştiruvçi qatlamdan iborat. Ular suyuq kristalli plyonkalar tarzida işlangan. Siz barmoğingizni oyna ustida tepadan pastga yurgazib, göyoki oynani qoronğilaştiruvçi virtual pardani tuşirgandek bölasiz.

Barmoğingizni çapdan öngga yurgazib esa tuşirilgan pardaning qoronğilaştiriş darajasini boşqara olasiz. Agar siz ikki barmoğingiz bilan oynaga tegib uni turli tomonlarga yurgazsangiz, virtual pardada atrof-muhitni tomoşa qiliş uçun öziga xos oynaça hosil qilişingiz mumkin. Körib turganingizdek, barça genial narsa juda oddiy.