Jahon | 23:42 / 10.11.2016
21303
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQShda Newsweek nashrining Klinton g‘alabasiga bag‘ishlangan soni sotuvga chiqib ketdi

AQShda Newsweek haftalik nashrining AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalariga bag‘ishlangan sonining muqovada AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning surati bo‘lgan nusxasi xatolik tufayli sotuvga chiqib ketdi. Eng qizig‘i muqovadagi sarlavhada "Prezident xonim" deb yozilgan bo‘lgan.

New York Post nashrining ma'lum qilishicha, sotuvga nashrning bunday nusxasidan 125 ming dona chiqib ketgan. Gazetaning ushbu sonini 17 kishi sotib olishga ulgurgan. 

Nashr egalari do‘konlardan xato tirajni qaytarishni va muqovada Donald Tramp surati bo‘lgan to‘g‘ri nusxani joylash uchun joy bo‘shatishni so‘rashgan.

Ta'kidlanishicha, bunga Newsweek’ning maxsus sonini chop etuvchi va uning sotilishini nazorat qiluvchi Topix Media kompaniyasi aybdor bo‘lgan. Kompaniyaga gazetaning ikki nomzodning g‘alabasi ehtimoli hisobga olingan ikki xil nusxasi jo‘natilgan, biroq saylovlar oldidan oxirgi haftada Trampda g‘olib bo‘lishga imkon yo‘q deb hisoblab, gazetaning Klintonga bag‘ishlangan ko‘rinishi chop etilgan.

New York Post nashrining ta'kidlashicha, ba'zi sotuvchilar gazetaning Klintonli nusxasini saylovlar natijalari e'lon qilinishidan oldinoq sotuvga chiqarib yuborganlar. 

 

Mavzuga oid