Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratonga qarshi qimmatbaho dorilar foydasiz ekani ma'lum bo‘ldi
Muhim investitsiya va innovatsiyalarga qaramay, so‘nggi 10 yil ichida saratonga qarshi o‘ylab topilgan yangidan-yangi dorilar bemorlar uchun foydasiz ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda ingliz eksperti Piter Uaysning British Medical Journal nashrida e'lon qilingan maqolasiga asoslanib EurekAlert! xabar bermoqda.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik bemorlar umrlarini bir necha hafta yoki oyga uzaytirish maqsadida oltita raqamdan iborat summali dorilarni sotib olishadi. 2015 yilda butun dunyoda ana shunday dorilarni sotishdan tushgan daromad 110 milliard dollarni tashkil etdi. Uays kimyoterapik vositalarning yanada yaxshisini ishlab chiqarish va ularning narxini arzonlashtirish fikrini ilgari surgan.
Ekspert preparatlarning kamchiligiga e'tibor qaratadi. Ulardan biri surrogat nuqtalar bo‘lib, dori samaradorligin aniqlashning oddiy mezoni hisoblanadi. Ularning ist'yemoli vositani oqlash jarayonini tezlashtiradi, ammo bu bilan u umrni qanchaga oshirishi mumkinligini aniq aytib bo‘lmaydi. Uaysning fikricha, bu tibbiy tadqiqotlar etika prinsiplari talabini buzadi.
Mavzuga oid
17:34 / 25.06.2026
Saratonga qarshi kurashish milliy dasturi 1 yanvardan ishga tushiriladi
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
09:20 / 12.06.2026
Saratonga qarshi kurashning yangi bosqichi: milliy dastur joriy etiladi
08:08 / 06.06.2026