O‘lim xavfini 40 foizga kamaytiradi: olimlar bachadon bo‘yni saratonini davolashning yangi usulini taklif qildi
Bunday davolash usuli 10 yil davomida 500 nafar ayolda sinab ko‘rildi va ijobiy natija berdi.

Foto: Getty Images
London universiteti kolleji olimlari bachadon bo‘yni saratonini davolashning yangi usulini uch bosqichli klinik sinovlardan o‘tkazdi. Natijalardan ma’lum bo‘lishicha, besh yil davomida ushbu kasallikdan o‘lim xavfi 40 foizga, saratonning qaytalanishi xavfi esa 35 foizga kamaygan.
Bachadon bo‘yni saratonini davolashning yangi sxemasi ushbu kasallikka qarshi kurashda so‘nggi 25 yildagi eng katta yutuqdir, deyiladi xabarda.
Davolashning mohiyati nimada?
Yangi muolaja rejasi 10 yil mobaynida Buyuk Britaniya, Meksika, Hindiston, Italiya va Braziliyadan kelgan bemorlarda sinab ko‘rildi. Bu reja bemorlarda bachadon bo‘yni saratonining standart davolash usuli bo‘lgan kimyo-nur terapiyasidan oldin qisqa muddatli kimyoterapiya kursini o‘tkazishni nazarda tutadi (kimyo-nur terapiyasi kimyoterapiya va radioterapiya kombinatsiyasidan iborat).
“Kimyoviy nur terapiyasi joriy etilgan 1999 yildan beri omon qolish ko‘rsatkichlarining eng yuqori darajadagi o‘sishini kuzatdik”, — deb ta’kidladi tadqiqotning yetakchi muallifi Meri MakKormak.
Uning aytishicha, onkologik bemorlarda omon qolish ko‘rsatkichlarini har qanday darajada yaxshilash muhim, ayniqsa, muolaja yaxshi qabul qilinsa va nisbatan qisqa muddatda o‘tkazilsa. Bu ayollarga tezroq odatiy hayotga qaytish imkonini beradi.
Tadqiqot
Tadqiqotda 500 nafar ayol ishtirok etdi. Ular yangi davolash usulini yoki an’anaviy kimyo-nur terapiyasini qabul qilish uchun guruhlarga bo‘lindi. Bemorlarning hech birida o‘sma boshqa a’zolarga tarqalmagani aniqlandi.
Ilmiy tajriba davomida bitta guruhga karboplatin va paklitaksel bilan olti haftalik kimyoterapiyadan iborat yangi rejim berildi. Keyin standart radioterapiya va haftalik sisplatin hamda kimyoviy nur terapiyasi o‘tkazildi. Ikkinchi guruh esa faqat odatiy kimyoviy nur terapiyasini oldi.
Natijalar
Besh yildan so‘ng, dastlab qisqa muddatli kimyoterapiya kursini olganlarning 80 foizi tirik ekani aniqlandi, 72 foizida esa saraton qaytmagan yoki boshqa a’zolarga tarqalmagan. Standart davolash guruhida esa 72 foiz bemor tirik qolgan, 64 foizida saraton qaytmagan va tarqalmagan.
Mutaxassislarning aytishicha, bu arzon va bemorlar uchun tasdiqlangan dori vositalaridan foydalanib, ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning oddiy usulidir.
“Bunday usul allaqachon ba’zi onkologik markazlar tomonidan qabul qilindi. Uni ushbu turdagi saratonni davolash uchun kimyo-nurlanish terapiyasini olayotgan barcha bemorlarga tavsiya etilmaslikka birorta sabab yo‘q”, — deb ta’kidlaydilar tadqiqotchilar.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:12
-
29 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:24
-
YeI sudi Maltadan «oltin pasportlar» berishni to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 22:21
-
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin
Jahon | 22:17
Mavzuga oid

11:41 / 01.04.2025
Amerikalik ayol 180 ta kimyoterapiyani boshdan o‘tkazdi

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

23:18 / 05.10.2024
Dunyoda yoshlar o‘rtasida saratonga chalinish holatlari ortayotgani aytildi

21:33 / 13.08.2019