2024-2026 yillar uçun soliq-budjet siyosatining asosiy yönalişlaridan biri sifatida berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini samarasi va bergan natijasiga qarab qayta körib çiqiş közda tutilgan. Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayevga köra, dori vositalari va veterinariya dori vositalari uçun berilgan soliq imtiyozlarini bekor qiliş böyiça taklif kiritilgan.

“Bosqiçma bosqiç soliq imtiyozlarini bekor qiliş böyiça har yili takliflar kirityapmiz. Birinçi navbatda hammaga bir xil şaroit yaratib beriş va raqobat muhitini yaratiş lozim. Qöşilgan qiymat soliği zanjirining uzluksizligini ta’minlaş maqsadida bir qança imtiyozlarni bekor qiliş nazarda tutilgan. Xususan, dori vositalari va veterinariya dori vositalari QQSdan ozod qilingandi. Biz mazkur imtiyozlarni bekor qiliş böyiça takliflarni tayyorladik. Dori vositalari işlab çiqariş va ularni realizatsiya qiliş, umuman olganda mana şu sohada işlovçilar uçun bir xil şaroit yaratib beriş közda tutilmoqda. Savol berişingiz mumkin, dori vositalarini xarid qiladigan aholining kam ta’minlangan qismi nima qiladi, deb. Aholining ijtimoiy reyestrga tuşgan qismi uçun tölangan QQS keşbek körinişida qaytarib beriladi.

Şu bilan birga, dori vositalarini realizatsiya qilişda 15 va 20 foiz ustamalar belgilangan. Buning ham aholi va tadbirkorlarga heç qanday foydasi bölmayapti. Çunki ayrim holatlarda dorilar belgilangan narxidan 10 karra qimmat sotilyapti. Bu ham qonunbuzilişi holatlariga olib kelyapti. Şu sababli bu çeklovni bekor qilişni taklif qilyapmiz”, dedi Mirzayev.