Ön olti yil avval Simpsonlar epizodi Donald Tramp bir kun kelib AQŞ prezidenti bölişini körsatgandi. Köp yillardan buyon ekran yuzini körib kelayotgan multserialdagi voqealarning ba'zilari hayotimizda ham sodir bölgan. E'tiboringizga "Simpsonlar" serialida namoyiş etilib, biroz vaqt ötib hayotimizda ham yuz bergan tasodifiy voqealarni taqdim etamiz.
Tramp prezidentligi

2000 yildagi epizod Tramp prezident bölişini hikoya qiladi. Bu voqea çindan ham xuddi multfilmdagidek sodir böldi — hattoki real hayotdagi vaziyatlar serial kadrlariga mos keladi. Bundan taşqari, multiplikatorlar milliarderning saylovoldi kampaniyasining maxsus uslubi haqida ham töxtalib ötişgan.
Pomidor va tamaki gibridining ixtiro qilinişi
1999 yilda Gomer pomidor va tamaki gibridini yaratiş uçun yadroviy quvvatdan foydalanadi. Unga esa «tomacco» deb nom beradi. Bu esa agronom -sarguzaştçi Rob Baurni ilhomlantiradi. U özining tamaki geni bilan pomidor gibridini yaratişga qaror qildi. 2003 yilda birinçi sabzavot ösib çiqadi va agranom ularni Simpsonlar ssenariy ustalari jamoasiga sovğa qiladi.
Ebola bezgagining avj olişi
1997 yil Simpsonlar multserialida Ebola virusi avj olişi başorat qilinadi. U vaqtda bezgak faqat tor doiradagi tadqiqotçilargagina ma'lum edi. 17 yil ötib 2014 yilda başorat qörqinçli tusda haqiqatga aylandi.
Xiggs bozoni massasining oçilişi

1998 yilgi epizodda Gomer Simpson ixtiroçiga aylanib, doskada murakkab tenglamalarni yeçiş bilan şuğullanadi. "Simpsonlar va ularning matematik sirlari" kitobining muallifi Saymon Singx sözlariga köra, Gomer Xiggs bozoni zarraçasining massasi haqida sözlaydi. Bu ilk bor 1964 yil professor Piter Xiggs tomonidan aytilgan edi, biroq olimlar Xiggs bozoni mavjudligiga isbotni faqat 2014 yildagina aniqlaşdi.














