Sport | 20:11 / 13.11.2016
3552
2 daqiqa o‘qiladi

Lyuis Hemilton kvalifikatsiya bahslarida g‘alaba qozonish bo‘yicha shaxsiy rekordini takrorladi

Foto: Reuters

"Formule-1" poygalarinng 2016 yilgi mavsumida oxirgisidan bitta oldingi poul-pozishen — Braziliya Gran-prisi taqdirini 10 soniya hal etdi: 3 karra jahon chempioni, Buyuk Britaniya vakili bo‘lmish Lyuis Hemilton umumiy hisobda Niko Rosbergni ortda qoldirdi.

Oxirgi kvalifikatsiya poygalarida g‘olib bo‘lgan Mercedes piloti Lyuis Hemilton, o‘z jamoadoshi Niko Rosbergni quvib o‘tdi.

Hemilton uchun bu joriy mavsumda kvalifikatsiyalardagi 11-g‘alaba bo‘ldi. Bu uning shaxsiy rekordi takrorlanishi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda ham britaniyalik sportchi shunday natija ko‘rsatgandi. Bu boradagi eng yaxshi natija esa (bir mavsumda kvalifikatsiya poygalarida 15 bor g‘oliblik) germaniyalik Sebastyan Fettelga (Red Bull piloti) tegishli bo‘lib qolmoqda.

Chempionat yakuniga 2 bosqich qolganida Rosberg umumiy reytingda Hemiltonni 19 ochkoga ortda qoldirmoqda. Ertaga g‘alaba qozonish orqali Rosberg faoliyatidagi ilk jahon chempionligiga erishi mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish