Jamiyat | 19:52 / 13.11.2016
58993
2 daqiqa o‘qiladi

Marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi

O‘zbekiston xalq artisti, marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li Jamshid O‘tbosarov 12 noyabr kuni oila qurdi. Bu haqda suxandonning eng yaqin do‘stlaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan. Sahifada yosh fotorassom Shuhrat Usmonov tomonidan tushirilgan suratlar keltirilgan.

To‘yga o‘zbek shou-biznesning eng yorqin vakillari, jumladan, "San'at guruhi", Ziyoda, Alisher Fayz, Manzura, Shahzod, Mavluda Asalxo‘jayeva, "Shosh" guruhi, Ra'no Yarasheva kabi san'atkorlar tashrif buyurib, O‘tbosarovlar oilasini ushbu quvonchli kun bilan qutlashgan. 

Toshkentdagi “Zebu zar” restoranida bo‘lib o‘tgan visol oqshomida suxandonning shogirdlari, yosh boshlovchilar ham hozir bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdumo‘min O‘tbosarov 2015 yilning 31 dekabr kuni 56 yoshida olamdan o‘tgan edi.

Mavzuga oid