Sport | 21:38 / 14.11.2016
15447
1 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning bolalikdagi laqabi qanaqa bo‘lgani eslandi

Foto: VVS

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yoshligida yoqimsiz laqabga ega bo‘lgan. U bilan 8 yoshida «Andorinya» klubida jamoadosh bo‘lgan Rikardu Santush uning bolaligini esga oldi.

«Krishtianuni yaxshi eslayman, u juda kamtar bola edi. To‘pni oldirib qo‘yishi bilanoq ko‘zidan yosh chiqib ketardi. Jamoadoshlari to‘p uchun kurashayotgan paytda maydonda yig‘lab turardi.

Biroq Ronaldu o‘sha paytda ham yaxshi futbolchi edi. Boshqalarga qaraganda tezkor o‘ynab, driblinglar qilib, ko‘plab gol urardi. 

Krishtianu g‘alaba qozonishni yoqtirardi. Agar yutqazsa, yig‘lashni boshlardi. Shu daraja ko‘p yig‘lardiki, hatto «Yig‘loqi» degan laqabni orttirib olgandi», deya Santushning so‘zlarini keltirgan Goal.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid