O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi 56 pozitsiya bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: UzDaily
8–13 noyabr kunlari tasdiqlangan reja-jadvalga binoan Farg‘ona shahrida davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari tutashgan hududlarda davlat chegaralarining avval muvofiqlashtirilmagan 14 uchastkasida qo‘shma dala tekshiruvlari va instrumental topografik rasmga olish tadbirlari o‘tkazildi.
Yettita uchastka bo‘yicha ishchi guruhlarning pozitsiyalari kelishib olindi. Shunday qilib, 13 noyabr holatiga ko‘ra tomonlarning pozitsiyalari mos kelgan uchastkalarning umumiy soni 56tani tashkil etmoqda.
Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra tegishli bayonnoma imzolandi va boshqa muvofiqlashtirilmagan uchastkalardagi dala topografik-yer tuzish ishlarini o‘tkazishning reja-jadvali kelishib olindi.
Uchrashuv hamjihatlik va an'anaviy do‘stlik ruhida bo‘lib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
Jamiyat | 07:53
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
Mavzuga oid

20:23 / 16.01.2025
Boku va Yerevan chegara delimitatsiyasi uchun yangi hududni belgilab oldi

11:25 / 22.04.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

22:35 / 19.04.2024
Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi

11:13 / 11.03.2024