Özbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon öğli Çölpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Onasi uy bekasi bölgan. Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus öğli (1874-1929) dehqonçilik, hunarmandçilik, bazzozlik bilan şuğullangan.
Çölpon avval eski maktabda, söngra esa Andijon va Toşkentdagi obröli madrasalarda tahsil olib, turk, arab, fors tillarini mukammal özlaştiradi. Şarq ijtimoiy-siyosiy qaraşlaridan oziqlanadi. Firdavsiy, Sa'diy, Hofiz, Dehlaviy, Nizomiy, Umar Xayyom, Alişer Navoiy, Abdulla Töqay kabi buyuk söz san'atkorlari ijodini mehr bilan örganadi. Şu bilan birga, Andijondagi rus-tuzem maktabida rus tilini çuqur özlaştirişi natijasida jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böladi. Ayni çoğda Turkistonda 1905 yillarda kamol topa boşlagan ma'rifatparvarlik yönalişi ta'sirida şakllana boradi. Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi atoqli ma'rifat tarğibotçilari va taşkilotçilariga ergaşadi, ma'rifatçi adib bölib şakllanadi.
Çölponning ijodi 1913-1914 yillardan boşlangan bölib, u avval «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» va nihoyat Çölpon (Tong yulduzi) taxalluslari bilan ijod qila boşladi. U ham şoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida xalqimiz adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qöşdi. Uning dastlabki asarlari «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farğona» kabi mahalliy röznomalarda, şuningdek, Orenburgda çiqadigan «Şöro» nomli oynomada ham naşr etiladi. Xususan, Çölponning «Iştirokiyun», «Qizil bayroq», «Turkiston» hamda «Buxoro axbori» kabi röznomalardagi faoliyati ham uning ijodiy şakllanişida mahorat maktabi bölib xizmat etdi.
Çölpon yetuk lirik şoirgina emas, yirik nosir sifatida önlab publitsistik maqolalar, oçerk va hikoyalar, «Qor qöynida lola», «Yov» qissalari va «Keça va kunduz» (1938) kabi ajoyib romanining birinçi («Keça») qismini naşr ettirgan iste'dodli adib hamdir.
U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Xalil farang», «Çörining isyoni» kabi kiçik pesalari, «Örtoq Qarşiboyev», «Muştumzör» kabi yetuk dramalari hamda köp vaqt sahnadan tuşmagan «Yorqinoy» pesalari maşhur bölgan. Şuningdek, rus yozuvçisi V.Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan.
Çölpon adabiy tanqid sohasida «Şöro hukumati va sadoi nafisa», «Adabiyot nedur?» kabi mazmunli maqolalar ham yaratgan. Şuningdek, Çölpon mohir tarjimon sifatida M.Gorkiyning «Ona», A.S.Puşkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» kabi pesalarini hamda V.Şekspirnnng maşhur «Hamlet»ini özbekçaga ögirgan.
Çölpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi qatağonlik siyosati qurboni bölgan. U 1937 yilning 14 iyulida qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabrida otib taşlangan. 1956 yilda oqlanib, 1991 yildagina birinçi bor «Yana oldim sozimni» nomi bilan eng yaxşi şe'riy asarlari töplam holida naşr etildi. Keyingi bir jildlik kitobidan uning kengaytirilgan tarjimai holi, (prof. O.Şarafiddinov) «Keça va kunduz» romani örin olgan.











