Bugun, 5 noyabr kuni iste’dodli va taniqli yoş şoir Mansur Jumayev olamdan ötdi. Bu haqda Yozuvçilar uyuşmasi xabar berib, şoirning yaqinlariga ta’ziya bildirgan.

Marhumning yaqinlaridan biri ölimga nafas yetişmovçiligi sabab bölganini aytgan.

Mansur Jumayev 1991 yili Qaşqadaryo viloyati, Mirişkor tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

U Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida Adabiy tarğibot va tadbirlarni uyuştiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. 

Şoirning «Oq orzularim», «Hayrat qöşiqlari», «Hazrati işq» nomli şe’riy töplamlari naşr etilgan. Bir qator asarlari rus, ingliz, turk, ozarboyjon, tojik, qoraqalpoq va boşqa tillarga tarjima qilinib, nufuzli xorijiy naşrlarda e’lon qilingan. Şu kunlarda çop etilgan «Izlam» turkumida ham «Biz kutgan fasl» nomli şe’riy töplami çiqqandi. Bu uning oxirgi kitobi bölib qoldi.

Tahririyat marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.