Rossiya va boşqa bir qator mamlakatlarda 29 oktyabr, yakşanba kuni siyosiy qatağon qurbonlari xotirasiga bağişlangan «Ismlarni qaytariş» tadbiri bölib ötmoqda. Uning iştirokçilari sovet hokimiyati yillarida qatl etilgan, lagerlarga yuborilgan yoki huquqlaridan mahrum bölganlarning ismlarini öqib çiqdilar. 2007 yildan buyon aksiyani taşkil qilib kelayotgan «Memorial» inson huquqlari harakati tadbirni jonli efirda namoyiş etdi.
Huquq himoyaçilariga köra, ismlarni öqiş Moskvada boşlanib, Irkutsk, Bremen, Revde, Denver, Drezden va Strasburgda davom etgan. Taşkilotçilarning ma’lum qilişiça, bu yil dunyoning 109 ta şahrida, jumladan, 19 ta Rossiya şahrida «Ismlarni qaytariş» amalga oşirilgan.
«Menimça, bu juda muhim kun. Bu kunda odamlar hukumatning buyruğiga köra emas, balki öz xohişi bilan tarixni eslayapti. Davlat tarixning yagona töğri variantini taqdim etişga harakat qilmoqda», — dedi Moskvadagi Solovetskiy toşiga kelgan «Memorial» boşqaruvi raisi Yan Raçinskiy.
Tomskda Stalin qatağonlari qurbonlari xotirasiga örnatilgan ustunlar buzib taşlandi
Tomsk rasmiylari stalin qatağon yillarida qatl etilganlarning ismlari yozilgan yodgorlik ustunlarini demontaj qildi. Bu haqda 17 oktyabr kuni «TV2. Novosti Tomska i Sibiri» va «Govorit NeMoskva» Telegram-kanallari xabar berdi.
Mahalliy aholining naşrlarga aytişiça, ustunlar 16 oktyabr kuni — bir kun oldin buzib taşlangan. «Na qarindoşlarning ustunlarni tinç qöyiş söralgan xatlari, na oddiy Tomsk aholisining ustunlarni tegmaslik haqidagi murojaati ham yordam bermadi», — deya öz suhbatdoşidan iqtibos keltirdi TV2.
«Govorit NeMoskva» 22 sentabr kuni faollar Tomskdagi Kaştak tepaligida beşta yodgorlik ustunini örnatib, bu yerda qatl etilgan 30 kişining portretlari va tarixini joylaştirganini bildiradi. 11 oktyabr kuni Tomsk meriyasi ularni «ruxsat etilmagan binolar» sifatida buzişni talab qildi. Rasmiylar bilan yodgorlik ustunlarini qonuniylaştiriş böyiça muzokaralar heç qanday natija bermadi.
Tomsk meriyasi yodgorlik ustunlarining buzilişini izohlar ekan, Kaştaçnaya toği madaniy meros obekti bölganligi sababli mintaqaviy muhofazaga olinişini aytdi. «U yerda biron bir bino quriş, kiçik me’moriy şakllar va boşqa obektlarni ruxsatisiz örnatiş taqiqlanadi, şu sababli noma’lum şaxs tomonidan qöyilgan obektlar demontaj qilinib, saqlaş uçun olib ketildi», — deya TV2 şahar hokimligi matbuot xizmati xabarini keltirgan.
1920-1930 yillarda Tomskdagi Kaştak jarlarida jami töqqiz mingga yaqin odam otib öldirilgan, ular orasida şoir Nikolay Klyuyev, faylasuf Gustav Şpet va boşqa köplab taniqli şaxslar bor.












