Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda poraxo‘rlikda ayblangan sobiq davlat mulozimiga hukm o‘qildi
Illyustrativ surat
Xitoyning Anxoy viloyati Xalq siyosiy maslahat kengashi raisining sobiq kotibi Xan Syantsun 23,28 million yuan (taxminan 3,4 million AQSh dollari) miqdorida pora olganligi uchun 16 yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Sinxua agentligining xabar qilishicha, mahkama majlisi Funtszyan viloyati Nanpin shahrida bo‘lib o‘tgan. Sud xulosasiga ko‘ra, sobiq mulozim 2003-2014 yillarda o‘z xizmat vazifasini suiiste'mol qilgan. Sud qaroriga binoan, uning 1 mln yuan miqdoridagi shaxsiy mulki musodara qilinadi.
Ta'kidlanishicha, 2012 yilda Si Tszinpin XXR raisligiga tayinganidan beri mamlakatda korrupsiyaga qarshi keng qamrovli kurash olib borilmoqda. Shundan buyon, minglab mulozimlar partiya intizomini buzish va korrupsiyada ayblanib, jazoga tortilgan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026