16:36 / 16.11.2016
7274

Ikki yangi dron namoyish etildi: Inspire 2 va Phantom 4 Pro (video)

DJI ikki yangi dronini namoyish qildi: Phantom 4 professilonal versiyasi va yangilangan Inspire. Droneflers nashri shu haqida ma'lumot berdi. 

Inspire 2 droni RAW-video oluvchi 5K kamera bilan ta'minlangan bo‘lib, u soatiga 108 kilometr tezlikda harakatlanishga qodir. Parvoz vaqti ikkilamchi akkumulyator hisobiga 27 daqiqagacha oshirilgan. Shuningdek unga to‘qnashuvlardan himoyalanish tizimi,  Apple ProRes kodeklari va sovuq havodagi parvozlar uchun batareyalarni isitish moslamasi qo‘shilgan. 

Phantom 4 Pro kenja modeli endi to‘rt tomondan burilish sensorlariga ega, parvozning oshirilgan vaqti va tezligi - soatiga 50 kilometrgacha. Asosiy e'tibor kameraga qaratilgan: dinamik diapazon kengaytirilgan, bir soniyada 60 kadrni qo‘llab-quvvatlovchi tizim hamda diafragma nazorati qo‘shilgan.

Endilikda Phantom 4 Pro bilan birga ekran o‘rnatilgan yangi pultni ham buyurtma qilish imkoni paydo bo‘ldi. 

Inspire 2 dronining boshlang‘ich narxi 2999 dollarni tashkil qilmoqda. Phantom 4 Pro kenja modeli bahosi esa klassik pult bilan - 1499 dollar, yangi pult bilan - 1799 dollar. 

Top