Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaiska Mendeta: «Ronaldu endi futbolchilarni aldab o‘tib, gol ura olmasligini yaxshi biladi»
«Valensiya» va «Barselona» jamoalari sobiq futbolchisi Gaiska Mendeta bo‘lajak Madrid derbisi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Krishtianu endi to‘pni maydon markazidan qabul qilib olib, beshtalab futbolchini aldab gol ura olmasligini anglab yetgan. U jamoaga aniq bir nuqtada kerak ekanini biladi.
Isko «Uembli»da Angliya terma jamoasiga gol urgani unga «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda yordam berishi mumkin. Hozir jamoa Kroos va Kazemiro safdan chiqqach muvozanatni saqlab qolish uchun Isko va Xames yordam berishlari kerak.
Simeone shu darajada katta ishlarni amalga oshirdiki, hozirda muxlislar bu o‘yinda «Real» favorit sifatida ko‘rmay qo‘yishdi. «Atletiko» «Real»ni «Visente Kalderon»da ham, «Santyago Bernabeu»da yuta olishini barchaga ko‘rsatdi», — deya Mendetaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» — «Real» jamoalari uchrashuvi 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.