Light | 17:11 / 19.11.2016
21991
1 daqiqa o‘qiladi
Istalgan buyumni suv bilan ham kesish mumkinligiga ishonasizmi? ( Video)
YouTube saytidagi Waterjet Channel kanali mualliflari suvli kesgich yordamida turli buyumlarni kesish mumkinligini isbotlashdi. Ular oynali kamera, bouling koptogi, osma qulf va hatto iPhone 7 smartfonini kesib videotasvirga olishdi va internetga joylashtirishdi.
Biror buyumni suv bilan kesish jarayoni gidroabraziv kesish deb ataladi. Bunda, toza suv yoki abrazivli aralashma katta tezlikda kuchli bosim ostida purkaladi. Aka-ukalar Den va Mitchel ular bunda bir kvadrat santimetrga 4000 kg/kuch beruvchi kesgichdan foydalanishadi.
Suvli kesuvchi qurilma sanoatda metall va boshqa turli materiallarni kesishda qo‘llaniladi. Biroq, kesilgan buyumlar yuzasining harorati 90 darajadan oshmaydi.