Jamiyat | 10:23 / 20.11.2016
16297
2 daqiqa o‘qiladi

12 yoshli bola o‘z qo‘llari bilan kasal bolalar uchun minglab yumshoq o‘yinchoqlar yaratmoqda

Avstraliyalik 12 yoshli bola – Kempbell Remes judayam rahmdil va bag‘rikeng bola bo‘lib, u o‘z qo‘llari bilan bir necha yil davomida kasal bolalar uchun minglab yumshoq o‘yinchoqlar yaratib kelmoqda.

Kempbell 9 yoshida ota-onasidan kasalxonada davolanayotgan bolalar uchun Rojdestvo sovg‘alarini sotib olib berishni iltimos qilgan. Biroq kattalar  barcha kasal bolalarga sovg‘a olib berishga yetarlicha miqdorda pullari yo‘qligini aytishgan. Shunda bolakay bunday sovg‘alarni o‘z qo‘llari bilan yaratishga qaror qilgan.

Shu tariqa mehridaryo bola 3 yil ichida 800 dan ko‘proq yumshoq o‘yinchoq tikkan. Birgina 2016 yilning o‘zida bola 450 ta shunday o‘yinchoq yaratgan.

Kempbell o‘z bolaligini shifoxonada o‘tkazishga majbur bo‘layotgan bolalarni shu tariqa xursand qilmoqda. Biroq bolakay bu bilan to‘xtab qolmadi: u o‘zi yaratgan o‘yinchoqlarni eBay onlayn-auksionida sotib, tushgan pullarni xayriya maqsadlariga yo‘naltirmoqda.

Mavzuga oid