Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonidagi reklama shousi paytida yo‘lbars qizchaga hujum qildi
Saudiya Arabistonida reklama shousi vaqtida yo‘lbars kichik qizchaga hujum qilib, uning hayotiga xavf soldi. Bu haqida Gulf News xabar qildi.
Qirollikning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Sakaka bozori yaqinidagi ochiq hududda yo‘lbars ishtirokidagi reklama shousi bo‘lib o‘tayotgan edi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lbars ko‘ngilochar dastur doirasida murabbiy tomonidan bolalarga ko‘rsatilayotgan edi. Kutilmaganda u murabbiyning yonida turgan qizga hujum qildi va qiz qo‘rqqanidan baqira boshladi.
Murabbiyning o‘z vaqtida aralashuvi qizchani yirtqich hayvon iskanjasidan qutqardi.
Shunga qaramay, bu voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Xavfsizlik choralarining ko‘rilmaganligi va hattoki to‘siqlarning yo‘qligi foydalanuvchilarning g‘azabiga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026