Sport | 21:33 / 22.11.2016
10588
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘tadigan JCh-2018 Rossiyada translyatsiya qilinmasligi mumkin

Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko JCh-2018 o‘yinlarining televizion translyatsiyalarini sotib olish muammolari haqida gapirib o‘tdi.

– Bizda jahon chempionati o‘yinlarini translyatsiya qilish narxi bir paytlari bo‘lgan 32 million dollarni ham hech kim to‘lay olmaydi. Hozir u 100 mln dollar. Rossiya  Pervyy, Rossiya, Match TV kabi xoldinglar bo‘lsa ham JChni namoyish etish huquqini sotib ololgani yo‘q. Narx juda baland. Hattoki bitta nol qo‘shilgan desa ham bo‘ladi.

– Rossiya translyatsiyalarsiz qolib ketishi mumkinligidan qo‘rqmaysizmi?

– Biz FIFA bilan bitta bitimga kelishishimiz kerak. Ular ham buni yaxshi tushunadi. Kelgusida qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Hozir Rossiyada tender davom etmoqda, degan Mutko.

Mavzuga oid