Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kashandalikka qarshi kurashni kuchaytirmoqda
Xitoy poytaxti va yana 19ta yirik shaharning jamoat joylarida sigareta chekishga o‘rnatilgan taqiqlarni mamlakatning barcha yirik aholi punktlariga joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash va rejali tug‘ilish ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Mao Tsyunan ma'lum qildi.
"Bu muammoni hal etish uchun chekish zararidan keng jamoatchilikni ogohlantirish lozim, - deya matbuot kotibi so‘zlarini keltiradi Sinxua agentligi. – Chekuvchilar ongli bo‘lishi, chekmaydiganlar esa, o‘z huquqlari ta'minlanishi uchun yetarli darajada huquqiy bilimga ega bo‘lishlari talab etiladi".
Mao Tsyunan joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangilik muddatini ma'lum qilmagan. Uning yodga olishicha, Pekinda ruxsat berilmagan joyda chekkan qoidabuzarga 200 yuan (29 dollar) miqdorida jarima solinadi.
Mavzuga oid
17:20 / 27.05.2026
Xitoyda Toshkent shahar drenaj tizimini rivojlantirish bo‘yicha 400 mln dollarlik kelishuvga erishildi
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026