Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina 600 mln dollar evaziga Pokiston tanklarini “yangilab” beradi
Ukraina Pokiston armiyasidagi tanklarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni modernizatsiya qilish xizmatini 600 million dollarga baholadi, deyiladi Ukraina mudofaa vazirligi saytida.
«Ukrspetseksport» bosh direktori Pavel Bukin va Pokistonning Heavy Industries Taxila korporatsiyasi rahbari Vajit Said Husayn shu haqdagi memorandumni imzolagan.
Vazirlikning xabariga ko‘ra, imzolash marosimi mudofaa vaziri Stepan Poltorak hamda Pokiston mudofaa sanoati federal vaziri Ran Tanvir Husayn, Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari Oleg Gladkovskiy ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Hozirda, Pokiston armiyasi safida Xarkovda 1990 yillarda ishlab chiqilgan 300 donadan ortiq T-90UD tanklari mavjud. Xabarda modernizatsiya talablariga oydinlik kiritilmagan. Ayrim mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Pokistondagi T-80 tanklari T-84 darajasiga yetkaziladi.
Mavzuga oid
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026
Ukraina dronlari yana Moskvaga hujum qildi
10:45 / 16.06.2026