Texnologiya | 20:20 / 24.11.2016
4052
2 daqiqa o‘qiladi

Peugeot kompaniyasi 301 sedanini yangiladi

Foto: motor.ru

Peugeot kompaniyasi reystayling qilingan 301 modelini taqdim qildi. Modelning tashqi ko‘rinishiga o‘zgartirish kiritildi va yangi multimedia majmuasi bilan jihozlandi.

Sedan avvalgi variantidan o‘zgacha radiator panjarasi, bosh yorug‘lik chiroqlarining o‘zgacha ko‘rinishdagi faralari, o‘zgacha bamper va g‘ildirak disklari bilan farqlanadi.

Peugeot 301 uchun 7 dyuymli sensorli ekranga ega hamda Apple CarPlay, Android Auto va MirrorLink interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi yangi axborot-ko‘ngilochar majmua ishlab chiqildi. Bundan tashqari, sedan uchun uch o‘lchovli xaritalarga ega hamda tirbandliklar va yoqilg‘i narxlari haqida dolzarb ma'lumot olish imkoniyatini beruvchi TomTom navigatsion tizimi taklif etiladi.

Model uchun asosiy motor 82 ot kuchiga ega 3 silindrli motor bo‘ladi va u 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi. Shuningdek, 115 ot kuchiga ega yana bitta benzilli, 92 va 100 ot kuchiga ega ikkita dizelli dvigatel ham taklif qilinadi.  

Mashina jihozlari orasida ABS tizimi, barqarorlashtirish va favqulodda tormozlash tizimi, shinalardagi bosimni nazorat qilish funksiyasi, orqa ko‘rinish kamerasi bor.

Yangilangan Peugeot 301 2017 yil 1-chorakdan sotila boshlanadi. Uning narxi keyinroq ma'lum qilinadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish