Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Su-24 uchuvchisining qotilligida ayblanayotgan Alparslon Chelik ayblovni tan olmadi
Rossiyaning Su-24 uchuvchisi Oleg Peshkovning qotilligida ayblanayotgan Alparslon Chelik qo‘yilayotgan aybni tan olmadi. Bu haqda Chelikning himoyachisiga asoslangan holda RIA «Novosti» xabar bergan.
“U rossiyalik uchuvchini o‘ldirmagan”, - deya aytib o‘tdi Chelikning advokati.
U shuningdek, ish tergov bosqichida ekanini va sudga faqatgina bosh prokurorning tegishli baholashidan keyin oshirilishini xabar qilgan.
Avvalroq, Turkiyada Chelikning ishi bo‘yicha eshituvlar vaqtida Su-24 uchuvchisining qotilligiga to‘xtalib o‘tilmagani ma'lum qilingandi.